“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi yakuniga yetib, eng faol va iqtidorli jamoalar aniqlandi.
4 ta shart bo‘yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakultetining “Zulfikor” jamoasi;
2-o‘rin – Tarjimonlik fakultetining “To‘maris nafasi” jamoasi;
3-o‘rin – Ingliz tili 2-fakultetining “Jasorat elchilari” jamoasi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi:
“Eng ijodkor jamoa” – Rus filologiyasi fakultetining “Qalqon” jamoasi;
“Eng hamjihat jamoa” – Ingliz tili 1-fakultetining “Turon zamin qizlari” jamoasi;
“Eng faol qatnashuvchi” – Roman-german filologiyasi fakultetining “To‘maris avlodlari” jamoasi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarning har bir a’zosi quyidagicha moddiy rag‘batlantirildi:
1-o‘rin – 800 000 so‘m,
2-o‘rin – 700 000 so‘m,
3-o‘rin – 600 000 so‘m.
G‘olib jamoalarni universitet rektori Ilhomjon To‘xtasinov tabriklab, sovrin va diplomlarni topshirdi. U o‘z so‘zida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi, sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy ruhini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Robiya BAXTIYOROVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring