Toʻlov-kontraktni toʻlash muddati uzaytirildi

22:55 20 Sentyabr 2018 Jamiyat
2875 0

Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontraktni toʻlash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq respublika oliy taʼlim muassasalariga 2018/2019 oʻquv yilida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati 2018 yilning 30 sentyabriga qadar uzaytirildi“, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер