Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi

18:17 30 Iyul 2021 Jamiyat
1519 0

“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5203-son, 30.07.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda:

➖ tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;

➖ taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

➖ taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

 Jamgʻarmaga 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер