“Tolibon” Kobul aholisidan qurollarini topshirishni talab qilmoqda

04:13 28 Avgust 2021 Dunyo
1156 0

Foto: Reuters

Kobul aholisi bir hafta ichida qurollar va oʻq-dorilarni hamda hukumat mashinalarini topshirishlari kerak. Xuddi shunday talab bilan Afgʻonistonda nazoratni oʻz qoʻliga olgan “Tolibon” harakati chiqdi. 

Bu haqda “Tolibon” vakili Zabiulla Mujohid maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, Afgʻoniston poytaxti aholisi buni bir hafta ichida bajarishi kerak. 

“Ular Afgʻoniston Islom Amirligi («Tolibon” siyosiy tizimining nomi)ning tegishli organlariga oʻtkazilishi kerak», deydi u.

Oldinroq “Tolibon” tinch aholi vakillaridan qurollarni tortib olayotgani haqidan xabarlar taragan edi

Harakat vakillari, shuningdek, sobiq hukumat bilan tinch muloqot oʻrnatishga va sobiq amaldorlar oʻzlarini xavfsiz his qilishlarini taʼminlashga vaʼda bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер