Tokioda aholi soni 14 milliondan oshdi

21:38 12 Iyun 2020 Dunyo
1979 0

Foto: РИА Новости

Tokio aholisi 14 million kishidan oshdi, deya xabar berdi «Nikkey» gazetasiga asoslanib РИА Новости.

Nashrning yozishicha, koʻp miqdordagi universitet va kompaniyalar, shuningdek, boshqa hududlarga qaraganda ish haqining yuqoriligi yoshlarni Tokioga jalb etadi. Koronavirus epidemiyasi ham bu tamoyilga xalaqit qilolmadi.

Joriy yil 1-aprel kuni Yaponiya poytaxti aholisi 13,98 million kishini tashkil etgandi. 1962-yildagi jadal iqtisodiy oʻsish davrida Tokio aholisi 10 million kishiga yetgandi. Toʻrt yildan soʻng poytaxtda 11 million kishi istiqomat qila boshladi. Ammo keyingi millionlik marra oradan 30 yil oʻtib 2000-yilda zabt etilgandi.

Gazetaning taʼkidlashicha, aynan katta-katta shaharlarda koronavirus infeksiyasining jadal tarqalishi va masofadan turib ishlashning faol joriy etilishi sababli megapolislardan tashqarida yashashga qiziqish ortmoqda. Bu kelgusida yirik shaharlardagi aholi soniga taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер