Tokio-2020: Dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini qoʻlga kiritdi
Oʻzbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov (-90 kg) “Tokio-2020” Olimpiya oʻyinlaridagi bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Sovrin uchun kechgan bellashuvda hamyurtimiz turkiyalik Mixael Zgank ustidan sof gʻalabaga erishdi.
Bu oʻzbekistonlik sportchilar tomonidan “Tokio-2020”da qoʻlga kiritilgan ikkinchi medal hisoblanadi. Bungacha taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov oltin medalga sazovor boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring