“Tokio — 2020”: Assakalov jahon chempioni ustidan gʻalaba qozondi
Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarini gʻalaba bilan boshlaydi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.
2019-yil -82 kg vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Lasha Gobadzega qarshi kechgan bellashuvda Assakalov hisobda orqada qolayotganiga qaramay oʻzida iroda namoyish eta oldi va yakunda gʻalabani ilib ketdi, deb xabar berdi.
Endi u keyingi davrani Xorvatiya va AQSH vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring