Toyloqda karantin hududidagi fuqaro bilan muloqot qilgan shaxs ushlandi

19:30 22 Aprel 2020 Jamiyat
1459 0

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi koʻp tarmoqli shifoxona ayni paytda karantinga olingan boʻlib, mazkur maskanni qoʻriqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga Markaziy harbiy okrug boʻlinmasi jalb qilingan.

Kecha, 21-aprel kuni karantin obyektidagi fuqaro bilan muloqot qilgan tartibbuzar ushlandi. Patrullik yoʻnalishida yurgan soqchi shifoxona devori oldida ikki kishi gaplashib turganini koʻrib, bu haqda tezkor qoʻlga olish guruhiga xabar beradi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro J.K. karantinda boʻlgan yaqin kishisiga oʻz sogʻligʻi va oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻyib, kiyim-kechak va oziq-ovqat yetkazib berayotgan ekan. Olov bilan oʻynashgan tartibbuzarga maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

– Karantinga olingan obyektlarga maʼlum vaqt kirish-chiqish taʼqiqlanadi, – deydi podpolkovnik Shavkat Abdurahimov. – Chunki, bu yerda kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori. Baʼzi fuqarolar esa oddiy qoidalarga amal qilmasligi oqibatida yuzlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер