Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi

18:03 10 Fevral 2024 Jamiyat
469 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Toyloqtumangaz” boʻlimi SUG xizmati xodimlari I.S., K.D., I.О. va F.А. oʻzaro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln soʻmni bank kassasiga kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер