“Toʻyxonaga butun qishloq koʻchib keldi!”
Andijon tumanidagi Boʻtaqora qishlogʻida istiqomat qiluvchi Muhabbat opa Nazarovaning bugun quvonchi cheksiz. Boisi, bugun nabirasi Muhamaddiyorning bugun sunnat toʻyidir.
— Nabiramning ota-onasi vafot etgach, uni oʻz qaramogʻimga oldim,-deydi onaxon suhbatda. — Biroq, yetti yoshga toʻlsa-da, sunnat toʻyini qilib bera olmadim. Ota-onasi boʻlganida kam koʻrmay yasharmidi, deb oʻksib turgan paytimda tuman hokimligi tomonidan nabiramning sunnat toʻyiga taraddud boshlab yuborildi. Toʻyxonaga butun qishloq ahdi koʻchib keldim. Tashkilotchilarga katta rahmat!
Darvoqe, Andijon tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan toʻyda Muhammaddiyor kabi 13 nafar bolajonlarning sunnat toʻylari boʻlib oʻtdi. Qishloqning «Botirbek» toʻyxonasida boshlangan xatna toʻyi xonadonlarga koʻchdi.
— Bugungi toʻyu tantanaga hamqishloqlarimiz astoydil tayyorgarlik koʻrdi, — deydi tuman hokimligi Matbuot xizmati rahbari Maxfuraxon Ortiqova. — Ob-havoning iliq kelishi bahoriy tadoriklarni boshlab yuborishimizga sabab boʻldi. Har bir oila hovlisini, tomorqasini tartibga keltirdi. Mevali va manzarali koʻchatlar ekdi. Tuman hokimligi tomonidan ichki yoʻllarni shagʻallash, elektr taʼminotini yaxshilash, toza ichimlik suvi yetib bormagan hududlarda bunyodkorlik ishlarini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Har bir uy oqlanib, bayramona koʻrinishga keltirildi.
Ha, andijonliklar bahorni mana shunday xushkayfiyatda qarshi olmoqdalar!
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring