Toʻyga ketayotgan avtobus agʻdarilib ketdi. Qurbonlar va jabrlanganlar bor
Illyustrativ foto
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida toʻyga ketayotgan avtobusni agʻdarilishi oqibatida bir kishi halok boʻldi va 45 kishi jarohat oldi.
Bu haqda "Hindustan Times" nashri yozmoqda. Mahalliy politsiyaning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, fojiaga tezlikni oshirib yuborilishi sabab boʻlishi mumkin. Shu bois haydovchi boshqaruvni yoʻqotgan.
Shtat aholisi 46 yoʻlovchini avtobusdan chiqishga yordam berishdi va jabrlanganlar Bargi shahridagi birlamchi tibbiy yordam markaziga yuborildi. U yerda 65 yoshli ayol olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Taʼkidlanishicha, YTH oqibatida 25 nafar yaqin odam jiddiy jarohat olgan. Shu bois ular viloyat markaziga yuborilgan.
Avtobus haydovchisi avtohalokatdan keyin qochib ketgan va u politsiya tomonidan qidirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring