Tizimda 11 ta investitsiya loyihasi roʻyobga chiqarilmoqda — SSV

13:01 05 Iyul 2023 Jamiyat
524 0

Amrillo Inoyatov, Sogʻliqni saqlash vaziri:

— Ayni vaqtda Hukumat kafolati ostida umumiy qiymati 877 mln. dollarni tashkil etuvchi 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Germaniyaning KfW banki ishtirokidagi qiymati 45,0 mln. yevroga teng “Sogʻliqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish” loyihasi — shulardan biri.

Shuningdek, Koreyaning “EDCF“ jamgʻarmasi ishtirokida umumiy qiymati qariyb 400 mln. dollarlik 4 ta yirik loyiha roʻyobga chiqarilyapti. Ular:

— “Kattalar uchun zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish”;
— “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy jihozlar bilan taʼminlash”;
— “Milliy onkologiya markazini tashkil etish”;
— Toshkent shahrida Koreya tibbiyot oliy oʻquv yurti faoliyatini yoʻlga qoʻyish” loyihalaridir.

Bundan tashqari, Islom Taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 80,0 mln. dollarlik “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya xizmati muassasalarini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash (2-bosqich)” loyihasi;

Qiymati 80,0 mln. dollarga teng Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan 8 qavatli, 650 oʻrinli va 500 qatnovga moʻljallangan maslahat poliklinikasidan iborat Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi binosi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер