Tinch va osoyishta hayotimizni, oʻzaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur — Shavkat Mirziyoyev
"Zoʻravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyatning keng miqyosda izdan chiqishiga, qurolli toʻqnashuvlarga yangi kuchlar tortilishiga olib keladi.
Bularning barchasi Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmay, uzoq oʻlkalarga ham tarqalib ketadigan, oqibatini bashorat qilib boʻlmaydigan fojialarga olib kelishi mumkin.
Aynan shuning uchun ham biz har ikki tomonni zudlik bilan gumanitar maqsadlarda murosaga kelishga, jangovar harakatlarni toʻxtatib, nizoni tinchlik yoʻli bilan hal etishga chaqiramiz.
Maʼlumki, biz yashayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi turli millat va konfessiyalar vakillarining oʻzaro tinch-totuv hayot kechirishi boʻyicha noyob tajribaga ega.
Bu zaminda asrlar davomida musulmon, xristian va yahudiylar doʻstlik va hamjihatlikda yonma-yon yashab kelyaptilar.
Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolgʻon tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman. Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz boʻlgan tinch va osoyishta hayotimizni, oʻzaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur", - dedi davlatimiz rahbari va kun tartibidagi masalalar muhokamasiga oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring