“Times Higher Education” tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

13:36 31 Oktyabr 2023 Jamiyat
210 0

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Times Higher Education” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov, “Times Higher Education” reyting agentligining global masalalar boʻyicha bosh direktori Fil Bati hamda tashkilotning Yevropa va Buyuk Britaniyadagi tijoriy direktori Lachin Italmazova ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida mazkur reyting agentligi bilan hamkorlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, xususan bugungi kunda “Yangi Oʻzbekiston” universitetida oʻziga xos tadqiqot faoliyati yoʻlga qoʻyilganini taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar 2024-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер