“Tili bor millat mangu yashaydi”
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugiga qarashli Nukus garnizonida 21-oktyabr- oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Okrug boshqaruv apparati rahbariyati, harbiy xizmatchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbirda oʻzbek tilining rivojlanish tarixi va ahamiyati haqida batafsil soʻz yuritildi.
-Bu kabi tadbirlar nafaqat tilimizga, shu bilan birgalikda xalqimizga, mamlakatimizga boʻlgan cheksiz ehtirom ramzidir,-deydi okrug matbuot xizmati bosh mutaxassisi Sh.Abdurahmonova.-Okrugimizda bunday tadbirlar yana davom etadi.
Hidoyat AHMEDOV
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring