“Tilga eʼtibor — elga eʼtibor!”
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi va Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan “Tilga eʼtibor — elga eʼtibor!” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Saʼdulla Hakimov, xalq artisti Erkin Komilov, shuningdek, tilshunoslar, yoshlar ishtirok etdi.
Taʼkidlandiki, til — millat koʻzgusi, maʼnaviyat sarchashmasi. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini oʻrganish barchamizning asosiy burchimizdir.
Qolaversa, taʼlimning barcha bosqichlarida, xususan, maktabgacha taʼlim muassasalaridayoq murgʻak qalblarga ona tilimizning ruhini singdirish har qasongidan muhim. Shundagina farzandlarimiz har jihatdan toʻkis tarbiya topadi, muqaddas tilimizni, Vatanimizni asrab-avaylaydi, sevadi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring