Til rivojida jurnalist masʼuliyati
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” doirasida mamlakatimizda “Til millat koʻzgusi” mavzuida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Milliy matbuot markazida tashkil etilgan “Jurnalistning til boyligi yoki tahrirga ehtiyoj bormi...” mavzuidagi davra suhbati ham shu yoʻnalishdagi ishlar tahlili va ona tilimiz mavqeini saqlashda ommaviy axborot vositalari eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan jihatlar muhokamasiga bagʻishlandi.

Davra suhbatida oʻz fikrlarini bildirgan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev, “Tafakkur” jurnali boʻlim mudiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Sultonmurod Olim va boshqalar jurnalistlarning til qoidalariga rioya qilishlari, maqolalarda soʻzlarni toʻgʻri qoʻllay bilishi ona tilimizning sofligi va jozibadorligini saqlash bilan bir qatorda uning yanada rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.
Tadbir soʻngida bir guruh jurnalistlarga Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga aʼzolik guvohnomalari va koʻkrak nishonlari topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring