Tik Tok “Yevro-2020”ning rasmiy hamkoriga aylandi

20:16 12 Fevral 2021 Dunyo
1125 0

Tik Tok video xizmati UYEFA bilan hamkorlik boshlanganligini eʼlon qildi. Bu haqda sports.ru nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, UYEFA Tik Tokʻda rasmiy akkauntini ishga tushiradi.

“Biz eng mashhur koʻngilochar mobil platformalaridan biriga aylangan kompaniya bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz”, deydi UYEFA marketing boʻyicha direktori Gi-Loran Epshteyn.

Kelgusida barcha UYEFA yangiliklari Tik Tok platformasi orqali sport muxlislari eʼtiboriga havola etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер