Tibbiyotdagi muammolarni hal qilish maqsadida maxsus “Sall-markaz” ishga tushirildi
S
Mazkur “Sall-markaz”ning #1295 raqamlari Yangi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq boʻlmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bogʻliq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan gʻoya va takliflari uchun ishlashni boshladi.
Bu murojaatlarning aksariyati “Sall-markaz”ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan boʻladigan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring