Tibbiyot markaziga “Damas” sovgʻa qilindi

11:44 12 Avgust 2025 Jamiyat
421 0

Joriy yilning 8–10-avgust kunlari Xivada oʻtkazilgan anʼanaviy “Qovun sayli” festivali koʻrgazmalarini tashkil qilishdagi faol ishtiroki uchun “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali “Damas” avtomobili bilan taqdirlangan edi.

Filial jamoasi ushbu yutuqni ezgu maqsadga yoʻnaltirib, avtomobilni Xorazm viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markaziga sovgʻa qilishni maʼqul deb topdi. “Damas” avtomobili tibbiyot markaziga tantanali ravishda topshirildi.

Odilbek ODAMBOYEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер