Tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish boʻyicha imtiyoz 3-yilga uzaytiriladi
Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash va ularga qoʻshimcha sharoitlarni yaratish davom ettirilishi taʼkidlandi.
Xususan, kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish boʻyicha imtiyoz 3-yilga uzaytiriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha berilgan imtiyoz xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham qoʻllanadi.
Zamonaviy koʻp tarmoqli klinikalarni tashkil qilish va ularni jihozlash uchun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi.
Bu mablagʻlar kelgusi yildan boshlab tadbirkorlarga 7-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan 17 foiz stavkada beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring