Tibbiy oliy taʼlim muassasalarida qancha talaba tahsil olmoqda?

11:16 26 Oktyabr 2021 Jamiyat
1128 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasining:

— 16 ta bakalavriat yoʻnalishida 39 919 nafar talaba;

— 53 ta magistratura mutaxassisligida 2 402 nafar talaba;

— 57 ta klinik ordinatura mutaxassisligida 2 913 nafar klinik ordinator tahsil olmoqda.

Shuningdek, joriy yilda 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasini:

— bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini 4 174 nafar;

— magistratura mutaxassisliklarini 938 nafar;

— klinik ordinatura mutaxassisliklarini 1 308 nafar;

— respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarni 626 nafar klinik ordinator tamomlagan.

Tibbiy oliy taʼlim muassasalarini jami 7 046 nafar mutaxassis bitirgan.

Maʼlumot uchun, 2021-yilda tibbiy taʼlimdagi kvotalar 2017-yilga nisbatan bir necha barobarga oshirilib, sohada kadrlar tayyorlash koʻlami yanada kengaytirildi. Xususan, bakalavriatdagi oʻrinlar 2 barobarga (3445 tadan 6950 taga) koʻpayib, magistraturada oʻrinlar 2,3 barobarga (718 tadan 1631 taga) yetdi.

Shu bilan birga, ordinaturadagi oʻrinlar 5 barobarga (961 tadan 4972 taga) oshirilib, maqsadli kvota joriy etildi va qabul qilinadigan talabalar 1180 nafardan 1527 nafarga yetkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер