“The Washington Post” gazetasi tarixida birinchi marta ayol kishi rahbar boʻladi

21:57 11 May 2021 Dunyo
768 0

Foto: AP

Birinchi marta ayol kishi AQSHning “The Washington Post” gazetasining rahbari boʻladi. Nashr saytida berilgan xabarga koʻra, endi tahririyatni Salli Buzbi boshqaradi. 

Salli Buzbi 2017-yildan beri "Associated Press Newsroom" rahbari boʻlib ishlab kelayotgan edi. U iyun oyida “The Washington Post” gazetasi rahbarligini oʻz zimmasiga oladi.

Salli Buzbi shu yilning fevralida nafaqaga chiqqan Martin Baron oʻrnini egalladi. Baron 2013-yildan beri gazetani boshqarib kelgan edi.

Salli Buzbi jurnalistlik faoliyatini 1988-yilda boshlagan. Ayni paytda 55 yoshda.

“The Washington Post” gazetasi 1877-yilda tashkil etilgan. Shunday qilib, 143-yil ichida birinchi marta gazetaning rahbari ayol kishi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер