Tezyurar poyezd halokatga uchradi. Qurbonlar bor

15:29 13 Dekabr 2018 Dunyo
1441 0

Foto: Sputnik

Turkiyaning Anqara shahrida tezyurar poyezd halokatga uchradi. Oqibatda 9 kishi hayotdan koʻz yumdi. Ularning uch nafari mashinistlardir. Yana 47 kishi jarohatlangan, deb yozadi Anadolu agentligi.

Yoʻlovchi poyezdi Yenimahalla tumani Marshandiz stansiyasidagi yerusti piyodalar oʻtish joyiga borib urilgan. Toʻqnashuvdan keyin ikkita vagon relsdan chiqib ketib, agʻdarilib ketgan. Yerusti piyodalar oʻtish joyining bir qismi esa zarba tufayli vagonlar ustiga qulab tushgan.

Jabrlanganlarning koʻpchiligi shifoxonaga yotqizilgan. Bir qismi berkilib qolgan vagonlar boʻlaklari ichida qolyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер