Tezkor! Test topshiriqlari soni qisqartirildi
Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:
Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.
Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 21 ball.
Oʻzbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 63 ball.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan boʻyicha:
1-fan - 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
2-fan - 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 126 ball.
Umumiy holda, 2021-2022-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 70 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring