Tezkor tadbir: Chinoz tumanida “tadbirkor” 14 mingdan ortiq xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
16-avgust kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, Chinoz tumani, “Islomobod” MFYda joylashgan “A. Ch.» UK oʻzboshimchalik bilan, noqonuniy ravishda elektr tarmogʻiga ulanganligi natijasida tizimga 1 mlrd 300 mln 860 ming soʻm (2 mln 890 ming 800 kVt·soat) zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 14 mingdan ortiq xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring