Tez kunda “Ayol qalbi” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamila Poʻlatovaning “Ayol qalbi” badiiy filmining katta premyerasi oʻtkaziladi.
Bu haqda Agentlik Axborot xizmati maʼlum qildi.
Premyera avvalida kinoijodkorlar uchun anʼanaviy “qizil yoʻlak”, taniqli estrada va kinoyulduzlari ishtirokida bayram konserti, intervyular, fotosessiyalar tashkil etiladi.
Premyera 4-mart kuni soat 18.00da Kinochilar uyida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring