Test sinovida qatnashadigan nazoratchilar bodi-kameralar bilan taʼminlanishi mumkin
DTM test sinovida qatnashadigan nazoratchilarni bodi-kameralar bilan taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaga taklif kiritadi.
Davlat test markazi direktori Majid Karimov bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi:
“Biz, albatta, bu boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritamiz. Test sinovlarining shaffof oʻtishi, keyinchalik imtihon jarayonlariga taalluqli biror muammoni muhokama qilishga toʻgʻri kelib qolsa, asos va isbotlar kerak boʻlishi nuqtayi nazaridan, buni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring