Termizda “Trastbank”ning yangi binosi mijozlariga eshiklarini ochdi
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Termiz filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi. Uning taqdimot marosimida Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi raisi S.Normuhammedov hamda jamoatchilik vakillari, bank xodimlari va mijozlari ishtirok etdi.
Oʻn bir yildan buyon viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan “Trastbank” Termiz filiali yuridik va jismoniy shaxslarga ishonchli bank xizmatlari koʻrsatib kelmoqda. Ushbu moliya muassasasining uch qavatli, shinam va koʻrkam binoga koʻchib oʻtishi yana-da samarali ish olib borishiga sharoit yaratdi.
Viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini mikromoliyalash orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuning orqali bandlikni taʼminlash, aholi daromadlarini koʻpaytirishda bankning zamonaviy xizmat turlari juda qoʻl kelmoqda.
Hozirda Surxondaryo viloyatining 6 tumanida “Trastbank”ning bank xizmatlari markazi faoliyat olib borayotgan boʻlsa, bu yil oxiriga qadar boshqa hududlarda ham ana shunday bank shj[obchalari ish boshlaydi.
Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring