Termizda harbiy vatanparvarlik sayli oʻtkazildi

11:16 13 Yanvar 2025 Jamiyat
340 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan harbiy vatanparvarlik sayli oʻtkazildi.

Termiz shahrining markaziy koʻchasi boʻylab tashkil etilgan tadbirda harbiy parad, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar koʻrgazmalari, qoʻl jangi chiqishlari, sport musobaqalari va el suygan sanʼatkorlar ishtirokida galakonsert dasturi namoyish qilindi.

Mazkur tadbir Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar shayligini namoyon etish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер