Termizda 250 million soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

17:52 23 Aprel 2025 Jamiyat
275 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “Z.C.” MCHJga masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy ovqatlanish shoxobchasidagi elektr jihozlarini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab olganligi fosh qilingan.

Taʼkidlanishicha, mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 250 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

“Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер