Termiz shahrida biologik faol qoʻshimcha mahsulotlarning nusxasini ishlab chiqarib sotayotgan yashirin sex aniqlandi

01:51 18 May 2022 Jamiyat
1195 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. oʻzining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xaridor J.ga 86 dona (keyinchalik 14 donasini yetkazib berish sharti bilan) “Al Hadaya” (150 ming soʻmdan) va 100 dona “Androgard” (250 ming soʻmdan) nomli mahsulotlarning nusxalarini firibgarlik yoʻli bilan 40 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning “Kattabogʻ” MFY hududidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda, ushbu xonadondan 152 turdagi har xil yogʻ mahsulotlari, boʻsh idishlar, har xil yorliqlarni (etiketka) ishlab chiqarishda foydalanilgan noutbuk va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер