Tender oʻtkazishda raqobatni buzishga yoʻl qoʻyilmaydi

18:33 19 Sentyabr 2022 Jamiyat
570 0

Tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan quyidagilar taqiqlanadi:

— savdolar oʻtkazish tartibini buzish;

— savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

— xoʻjalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish;

— savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish;

— savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish;

— lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish;

— tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini koʻrsatish.

Mazkur talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер