“Temurbeklar maktabi”ning qabul kvotasi oshirildi
Illustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (03.08. 2022-yil) PQ - 344 sonli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning “Termurbeklar maktabi” uchun yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi.
Bunda:
"Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari uchun qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va fuqaro tarkibidagi xodimlar shtat birliklari tegishli ravishda Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vazilaytlar vazirligi hamda Milliy gvardiya bo‘linma qo‘shinlarining belgilangan cheklangan umumiy soni atrofida ajratiladi;
Har bir "Temurbeklar maktabi"da yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan ta`lim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash hamda xodimlarga mukofotlar to‘lash hamda moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish uchun byujet mablag‘lari hisobidan Direktor jamg‘armasi tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring