“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi
архив сурат
Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra:
➖ 2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
➖ Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan Milliy gvardiya boʻlinmalari va harbiy qismlarining obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring