Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

13:05 25 Aprel 2022 Jamiyat
882 0

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining “Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi buyrugʻi 3363-son raqam bilan 2022-yil 19-aprelda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur buyruq bilan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Qoidalar 7 bob va 5 ilovadan iborat boʻlib, temir yoʻl tashishlari xavfsizlik darajasini oshirishni taʼminlash, yoʻl transport hodisalarini hamda texnologik va texnogen xarakterdagi tahdidni oldini olish maqsadida, xalqaro amaliyot va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan.

Qoidalarda:

— Temir yoʻl kesishmalarini koʻrikdan oʻtkazish hamda ochish va yopish, temir yoʻl kesishmalarining tasnifi va toifalarini aniqlash bilan bogʻliq normalar;

— temir yoʻl kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar;

— temir yoʻl kesishmalari chegarasida va ularga olib boradigan yoʻllarda joylashgan temir yoʻl kesishmalari, avtomobil yoʻllari uchastkalari tuzilishi, jihozlanishi, foydalanilishi, saqlanishi va taʼmirlanishiga boʻlgan talablar;

— temir yoʻl kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etilishiga boʻlgan talablar belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер