“Temir daftar”ga qanday toifadagi oilalar kiritiladi?
Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida “Temir daftar” tushunchasi haqida maʼlumot berilmoqda.
“Temir daftar”ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:
* kam taʼminlangan;
* nogironligi boʻlgan;
* ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
* yakka-yolgʻiz keksalar;
* doimiy ishsiz fuqarolar;
* karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
* ogʻir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻriladi.
Masʼul xodimlar oʻzining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan “Temir daftar”idagi maʼlumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;
“Temir daftar”ga tushgan oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini joriy yilda ish bilan taʼminlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari koʻriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring