Telegram YouTubeʼning analogini yaratadi
Telegram oʻz messenjerida YouTube analogini yaratadi. Bu haqda “Telegram Contests” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya iOS dasturchilari oʻrtasida videoxosting yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qildi va u 25-oktabrgacha davom etadi.
Tanlov orqali yaratilishi kutilayotgan “media player” hozirda Telegramʼda foydalanilayotgan AVPlayer oʻrnini egallashi kutilmoqda.
Tanlov natijalari noyabr oyida eʼlon qilinadi. Xabarda aytilishicha, mukofot jamgʻarmasi 50 000 dollarni tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring