Telegram Ukraina atrofidagi vaziyatga aloqador davlatlarda kanallar faoliyatini qisman yoki toʻliq cheklashi mumkin — Durov
Foto: РБК.ru
«Telegram kanallari borgan sari Ukraina atrofida sodir boʻlayotgan voqealar haqida tasdiqlanmagan maʼlumotlar manbaiga aylanib bormoqda. Bizda barcha kanallar berayotgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish uchun jismoniy imkoniyatimiz yoʻq.
Men Rossiya va Ukraina foydalanuvchilarini Telegramʻda tarqatilayotgan har qanday maʼlumotlarga shubha bilan qarashga chaqiraman», — deydi Durov.
Pavel Durovning taʼkidlashicha, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi vaziyat keskinlashgan taqdirda Telegramʻdagi ayrim kanallar faoliyati cheklanishi mumkin.
«Biz Telegramʻdan nizolarni kuchaytiruvchi va milliy adovatni qoʻzgʻatuvchi vosita sifatida qoʻllanilishini istamaymiz.
Vaziyat keskinlashgan taqdirda biz ziddiyat davom etgan davlatlarda Telegram kanallari faoliyatini qisman yoki toʻliq cheklash imkoniyatini koʻrib chiqamiz», — deydi Telegram asoschisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring