Telegram messenjerda videoqoʻngʻiroq funksiyasini ishga tushirdi

19:02 16 Avgust 2020 Dunyo
1021 0

Telegram messenjeri Android uchun ilovada videoqoʻngʻiroq qulayligini taqdim etdi. "2020-yil dunyo videoaloqaning ishonchli vositasiga muhtoj ekanligini koʻrsatdi va bugun biz Android uchun ilovada videoqoʻngʻiroq qilishning alfa-versiyasini ishga tushiryapmiz(iOSʻda qoʻngʻiroqlar imkoni boʻlishi bilan yoʻlga qoʻyiladi), — deyiladi messenjerning rasmiy saytidagi xabarda.

Videoqoʻngʻiroq uchun foydalanuvchi profilidagi kamera belgili tugmani bosish kerak. Suhbat chogʻida ovozli qoʻngʻiroqdan videoqoʻngʻiroqqa oʻtish, yoki buning aksini qilish mumkin. Shuningdek, videoqoʻngʻiroqni ekranning burchagiga kichraytirgan holda surib qoʻyib, chat orqali muloqot qilish ham mumkin.

Qayd etilishicha, videoqoʻngʻiroqlar haqidagi maʼlumotlarni himoyasi ham kafolatlangan.

«Bogʻlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishingiz uchun oʻzingiz va suhbatdoshingiz ekranlarida koʻrinib turgan toʻrtta emodzini solishtirishning oʻzi kifoya: agar belgilar mos tushsa, qoʻngʻiroq maxfiy chatlar va ovozli qoʻngʻiroqlarda qoʻllaniladigan shifrlash orqali ishonchli himoyalangan», — deya qoʻshimcha qiladi Telegram.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер