Teatr arbobi Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi
Bugun, 8-fevral kuni “Doʻstlik” ordeni sohibi, el suygan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
Taniqli oʻzbek aktyori va teatr arbobi – Husan Musaboyev 1954-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1976-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan.
Maʼlumot uchun, Husan Musaboyev “Ajoyib xayolparast”, “Bozor koʻrmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “Oʻgʻrigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi koʻplab filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring