TDYUU talabalarining “Yoʻqolgan odam”i xalqaro tanlov gʻolibi boʻldi
Tomsk davlat universitetining Novosibirsk yuridik institutida professor V. K. Gavlo nomidagi «Zolotoy sled» kriminalistika boʻyicha VIII xalqaro talabalar kinofestivali boʻlib oʻtdi
Novosibirsk yuridik instituti, Novosibirsk viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashi, Rossiya advokatlar uyushmasining Novosibirsk mintaqaviy boʻlimi qoshidagi yosh advokatlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi festival uchun oliy taʼlim muassasalari talabalarining 66 ta filmi tanlab olindi, deb yozadi Toshkent davlat yuridik universiteti Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi.
Festivalning hakamlar hayʼati aʼzolari bu yilgi taqdim etilgan ishlarga mualliflar tomonidan professional darajada yondashilgani, baʼzi filmlar talabalar tomonidan tayyorlangan boʻlishiga qaramasdan professional hujjatli filmlardan qolishmasligini taʼkidladi.
Festivalda talabalar 8 ta nominatsiya boʻyicha tayyorlagan filmlari bilan ishtirok etdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari «Propavshiy chelovek» (“Yoʻqolgan odam”) qisqa metrajli filmi bilan professor V. K. Gavlo nomidagi «Zolotoy sled» kriminalistika boʻyicha VIII xalqaro talabalar kinofestivalining «Sledstvennыye situatsii» nominatsiyasida birinchi oʻrinni egalladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring