TDTU Termiz filialiga qarashli yotoqxonada elektr paneli yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali yotoqxonasida elektr paneli yonib ketgani haqida maʼlumot tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotga izoh berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 7-dekabr kuni soat 22:00 da yuqoridagi universitet yotoqxonasida sodir boʻlgan. Elektr panelidagi yuqori kuchlanish tufayli u yonishni boshladi.
Shu bilan birga, yongʻin oqibatida portlash, shuningdek, qurbonlar boʻlmagan. Hodisa oqibatlarini universitetning elektromontyori bartaraf etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring