TDPUda Finlyandiya tajribasi oʻrganilmoqda

17:49 30 Noyabr 2020 Jamiyat
1097 0

Yangilanayotgan Oʻzbekistonda taʼlim sohasini isloh qilish, uning sifat va natijadorligini oshirish taraqqiyotning ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda. 

2020-yil 30-oktyabr kuni Prezidentimiz raisligida taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham koʻplab masalalar muhokama qilinib, bu borada strategik vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni mulohaza va fikrlashga chorlaydigan metodikani yaratish zarurligi, bu borada Finlyandiya taʼlim tizimi tajribasini oʻrganish vazifasi ham qoʻyildi.

Shu bois taʼlim sohasidagi eng ilgʻor, yetakchi davlat – Finlyandiya tajribasi bilan tanishish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida onlayn-uchrashuv tashkil etildi. Unda universitet rektori Alisher Umarov, universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, xalqaro boʻlim rahbari, Finlyandiyaning JAMK Amaliy fanlar universitetining professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida har ikkala universitet oʻzlarining tanishuv taqdimotlarini namoyish etdi.

JAMK kasbiy oʻqituvchilarni tayyorlash maktabi vakili doktor Pekka Risku, JAMK amaliy fanlar universiteti Global taʼlim xizmatlari boʻlimi rahbari Xeikki Pusa, Oʻqituvchilar malakasini oshirib boʻlim boshligʻi Juxa Xauntanen, Oʻqituvchilar taʼlimi va global taʼlim koordinatori Yeva Lextonenlar soʻzga chiqib, fin ekspertlarining ilgʻor tajribalari, ochiq va yuqori sifatli oʻqitish tizimidagi oʻziga xos jihatlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Finlyandiya pedagogik taʼlimni oliy taʼlimning eng nufuzli yoʻnalishlaridan biriga aylantirgan davlatlardan biri boʻlganligi bois, endilikda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti JAMK amaliy fanlar universiteti bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер