Tashrif davomida oʻzbek delegatsiyasi Fransiya TIV bosh kotibi bilan uchrashdiOʻzbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi soʻnggida Fransiya TIV bosh kotibi A.Dekot bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida tomonlar soʻnggi yillarda Fransiya va Oʻzbekiston oʻrtasida faol siyosiy muloqot oʻrnatilganini, ikki tomonlama munosabatlar esa mutlaqo yangicha mazmun kasb etganini taʼkidladi. Bunga ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan konstruktiv va ishonchli muloqot koʻp jihatdan imkon bermoqda. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 va 2022-yillarda Parijga rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorlikka alohida dinamizm bagʻishladi, Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarida, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda muhim qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda yangi sahifa ochib berdi. A.Dekot Oʻzbekistonning mintaqaviy siyosati va uning muhim yetakchi rolini, buning natijasida Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhiti shakllanganini, mintaqalararo aloqalar kengayib borayotganini alohida eʼtirof etdi. Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Jumladan, Fransiya tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabrdagi tashrifi chogʻida Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida oʻtkazilgan koʻrgazmalar Oʻzbekistonning “tashrif qogʻozi”ga aylangani va Fransiya jamoatchiligida katta muvaffaqiyat qozonganini alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan tomonlar Samarqandda oʻzbek yoshlari salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Fransiya alyansi filialini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. Qayd etilganidek, Fransiyalik mutaxassislar tomonidan Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Fransiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalari investitsiyaviy salohiyatini yanada kengaytirish, hamkorlikda madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, taʼlim sohasida oʻzbekistonlik va Fransiyalik mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi soʻnggida Fransiya TIV bosh kotibi A.Dekot bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida tomonlar soʻnggi yillarda Fransiya va Oʻzbekiston oʻrtasida faol siyosiy muloqot oʻrnatilganini, ikki tomonlama munosabatlar esa mutlaqo yangicha mazmun kasb etganini taʼkidladi. Bunga ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan konstruktiv va ishonchli muloqot koʻp jihatdan imkon bermoqda.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 va 2022-yillarda Parijga rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorlikka alohida dinamizm bagʻishladi, Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarida, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda muhim qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda yangi sahifa ochib berdi.
A.Dekot Oʻzbekistonning mintaqaviy siyosati va uning muhim yetakchi rolini, buning natijasida Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhiti shakllanganini, mintaqalararo aloqalar kengayib borayotganini alohida eʼtirof etdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Jumladan, Fransiya tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabrdagi tashrifi chogʻida Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida oʻtkazilgan koʻrgazmalar Oʻzbekistonning “tashrif qogʻozi”ga aylangani va Fransiya jamoatchiligida katta muvaffaqiyat qozonganini alohida qayd etdi.
Shu munosabat bilan tomonlar Samarqandda oʻzbek yoshlari salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Fransiya alyansi filialini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. Qayd etilganidek, Fransiyalik mutaxassislar tomonidan Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Fransiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalari investitsiyaviy salohiyatini yanada kengaytirish, hamkorlikda madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, taʼlim sohasida oʻzbekistonlik va Fransiyalik mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring