Tashqi yozuvlarda xatolarning oldini oladigan mexanizm zarur

00:08 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
2252 0

Arxiv surat

Tashqi yozuvlar, reklamalar, peshlavha va shu kabi koʻcha, binolarga oʻrnatiladigan bitiklarning mohiyatan toʻkis hamda xatosiz boʻlishi qonun talablari ijrosini toʻliq taʼminlashi barobarida muhim maʼrifiy ahamiyatga egadir. Lekin, afsuski, bu borada xatoga, gʻalizlikka tez-tez yoʻl qoʻyish holatlari uchrayotgani barchamizga ayon. Xoʻsh, tashqi yozuvlarning xatosiz boʻlishiga qanday erishish mumkin?

Sirdaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻaybulla Yusupovning fikricha, buning imkoni bor va bu juda ham oddiy.

— Hukumat qarori asosida tashqi yozuvlarning xorijiy tilda yoki xato bilan yozilishining oldini olish uchun — tadbirkorlik subyektlari va doʻkonlarning old qismiga turli reklama, peshlavha va boshqa koʻrgazmali axborot matnlarini oʻrnatishdan oldin maxsus ruxsat berish (olish) mexanizmini joriy etish lozim, — deydi Gʻ. Yusupov. — Natijada reklama, peshlavha va boshqa koʻrgazmali axborot matnlari oʻrnatilishidan oldin tahririy nazoratdan oʻtkaziladi va davlat tilida toʻgʻri hamda xatolarsiz yozilishiga erishiladi. Yaʼni hozir duch kelinayotgan kamchiliklarga sezilarli darajada barham beriladi. Yana bir foydali jihati, agar tashqi yozuvlar xato yozilgan boʻlsa, uni toʻgʻrilangan nusxasiga almashtirish uchun ortiqcha xarajat ham qilinmaydi.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер