Tashqi savdo axborot tizimi sinov bosqichida
Bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va ko‘plab qulayliklar ega bo‘lgan “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda ushbu tizimni to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Axborot tizimi https://contract.customs.uz manzilida joylashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur yordamida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘zlarining tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlarini shakllantirish, ularning ijrosini kuzatib borish mumkin.
Qolaversa, bojxona hamda bank operatsiyalari bo‘yicha ma’lumot va hisobotlar, shuningdek, notarif choralar haqida axborot olish imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring