Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar soʻnggi yillarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi misli koʻrilmagan darajada yuqori darajaga koʻtarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Davlatlararo hamkorlikni barcha darajalarda rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashildi.
Kelgusi tadbirlarning jadvali va kun tartibi turli darajalarda koʻrib chiqiladi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasida muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasini faollashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring