Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev Qozogʻistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev Qozogʻiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatlar Rahbarlarining shaxsiy aloqalari, ochiq va ishonchli muloqoti tufayli Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi. Bugungi kunda ikki mamlakat hamkorligi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanmoqda.
Turli darajadagi rejalashtirilgan tashriflar hamda uchrashuvlarning jadvali va ularning tashkiliy-mazmunli jihatlari boʻyicha fikr almashildi.
Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Savdo, avtomobilsozlik, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda kooperatsiyani rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Boʻlajak madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat fuqarolarining oʻzaro sayohatlarini tashkil etish orqali turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring