“Tashabbusli byudjet”da gʻolib mahallaga quyosh panelli chiroqlari oʻrnatildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozyovon tumanidagi “Bahor” MFY ahli oʻzaro uyushqoqlik koʻrsatib, keyingi yillarda “Tashabbusli byudjet”
loyihasida bir necha marotaba gʻolib boʻlib, barcha ichki yoʻllar, koʻchalar asfalt qilinishiga erishildi.
Oʻtgan yili ushbu loyiha gʻolibi sifatida mahalladoshlar 1 mlrd. 360 mln. soʻmlik koʻcha chiroqlari oʻrnatish imkoniga ega boʻlgandi. Kuni kecha mahalla koʻchalariga davr talabi asosida koʻcha chiroqlari oʻrnatilib, barcha yoʻllarning charogʻonligi taʼminlandi.
— Bugungi kunda yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda, — deydi “Bahor” MFY raisi Mahfuza Mamajonova. — Mahalla faollari oʻzaro kelishgan holda quyosh panelli koʻcha chiroqlari oʻrnatish rejalashtirildi. Natijada mahallaning 19 ta koʻchasiga 380 ta zamonaviy quyosh panelli koʻcha chiroqlari oʻrnatildi.
Ayni paytda mahalla koʻchalari hatto tunda ham kunduzgidek charogʻon. Eng muhimi, zamonaviy yondashuv tufayli katta mablagʻ tejalmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring